Reja ortig‘i bilan bajarildi
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida pilla yetishtirish bo‘yicha tajriba va o‘ziga xos maktab yaratilgan.
Bu an’ana davom ettirilib, yaxshi natijalarga erishilyapti. Ayniqsa, keyingi yillarda Prezidentimiz qarorlari asosida berilayotgan e’tibor, moddiy manfaatdorlik soha rivojida muhim ahamiyat kasb etyapti. Joriy yilda tumanga 2145 quti ipak qurti urug‘lari olib kelinib, 10 ta inkubatorda jonlantirildi.

1345 qutisi fermerlar, 810 qutisi esa kasanachilar tomonidan parvarishlandi. Ipak qurtlarini Ve’tnam usulida parvarishlab, tut barglarini iqtisod qilish mavsumni qisqa muddatda yakunlash imkonini yaratdi.

Natijada 129 tonna ,,kumush tola" tayyorlandi va shartnoma rejasi ortig‘i bilan bajarildi. Pilla topshirish rejasining bajarilishida tumandagi ,,Ziyodjon Nabiyev" fermer xo‘jaligi 13 quti ipak qurti parvarishlab, 840 kg pilla hosili olgan bo‘lsa, ,,Navro‘z" fermer xo‘jaligi 5 qutidan 345 kg, kasanachilardan Alijon Fozilov 12 qutidan 745 kg, Habibullo Umarov esa 5 qutidan 400 kg pilla topshirishib, alohida o‘rnak ko‘rsatishdi.
Azimjon Xudoyqulov,
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmatining rahbari O‘zA