
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining qaroriga binoan, qarzdor «K.A.» korxonasidan undiruvchi «Kapitalbank» ATB foydasiga 11 mlrd. 458 mln. so‘m undirish bo‘yicha ijro ishi olib borilmoqda, deb xabar berdi MIB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limida kredit undiruvlari bilan bog‘liq 350 ta ijro hujjati bo‘yicha 56 mlrd. 948 mln. 450 so‘mlik qarzlarni undirish ishlari muvaffaqiyatli yakunlangan.
Ayni paytda, 173 ta ijro hujjati bo‘yicha 28 mlrd. 300 mln. so‘mlik qarzlarni undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom etmoqda. 36 ta ijro hujjatlari asosida qarzdorlarga tegishli ko‘char va ko‘chmas mulklar, shuningdek, avtotransport vositalari auksion orqali realizatsiya qilish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining qaroriga binoan, qarzdor «K.A.» korxonasidan undiruvchi «Kapitalbank» ATB foydasiga 11 mlrd. 458 mln. so‘m undirish bo‘yicha ijro ishi olib borilmoqda. Ushbu ijro doirasida qarzdorga tegishli 1 ta ko‘chmas mulk va 5 turdagi transport vositalari xatlab realizatsiya ishlari amalga oshirilgan. Shuningdek, korxonaga tegishli 130 ta avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan.
O‘zA