Xabaringiz bor, O‘zbekistonda joriy yil 1 fevraldan Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi. Reyting natijalari Soliq qo‘mitasining elektron platformasida avtomatik tarzda shakllantirilib, Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borilmoqda. Shuningdek, reyting ma’lumotlarini Soliq mobil ilovasi hamda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rish imkoniyati yaratilgan.

Savdo sanoat palatasining ma’lum qilishicha, ushbu tizim joriy qilingan kundan bugungacha AAA reytingdagi tadbirkorlarning 724 tasiga 1,1 trln. so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berildi.

Shuningdek, A va undan yuqori reytingdagi 355 ta tadbirkorlik sub’ektlarining soliqlardan (QQS bundan mustasno) mavjud 25,8 mlrd. so‘mlik ortiqcha to‘lovlari 3 kun muddatda qaytarib berildi.

Tovarlarni import qilishda va realizatsiya qilishda 92 ta tadbirkor tomonidan to‘lanadigan 319,2 mlrd. so‘mlik QQS summalari o‘zaro hisobga olindi.

Mazkur tizim 384,3 mingta korxonada xato va kamchiliklar aniqlab tekshiruvlarsiz bartaraf etilishiga xizmat qildi.

Elektron hisobvaraq-fakturalarning belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilishi joriy yilning boshiga nisbatan 1,7 mln.taga ortib 4,7 mln.taga yetgan.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barqarorlik reytingidagi tadbirkorlarning 724 tasiga 1,1 trln. so‘mlik QQS summasi qaytarib berildi