Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, sentyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi avvalgi oyga nisbatan biroz pasayib, 13,4 foizni qayd etdi.

O‘tgan oyda fuqarolar orasida kutilayotgan o‘rtacha inflyatsiya darajasi 16,5 foizni (oktyabrda 16,2 foiz) tashkil etdi — bu may oyidan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich. Oy davomida inflyatsiya kutilmalarining o‘rtacha darajasi 13,6 foizdan 14,4 foizgacha ko‘tarildi. Bungacha ko‘rsatkich bir necha oy davomida nisbatan barqaror darajada saqlanib qolgan edi — taxminan 13,6 foiz.   

Sentyabr oyi yakunlari bilan sezilgan inflyatsiya 13,4 foizni tashkil etgan. Eng yuqori inflyatsiya, ya’ni 15,4 foiz Toshkent shahrida sezilgan bo‘lsa, eng past sezilgan inflyatsiya darajasi Farg‘ona viloyatida kuzatilgan.   

Sentyabr oyi davomida narxi yuqori darajada o‘sishi kuzatilgan mahsulotlar qatorida go‘sht va sutni ko‘rsatganlar ulushda garchi birinchi o‘rinda bo‘lsada, 56 foizga tushgan. Benzin va yoqilg‘i narxlari keskin oshayotganini his qilayotganlar ulushi 34 foizdan 39 foizga yetgan.   

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi biroz pasaydi