O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami tadbirlari Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida o‘zgacha nishonlandi.

Dastlab tuman rahbarlari va faollar ishtirokda Paxtakor mahallasidagi 104-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 210 o‘rinli, Qo‘qoni mahallasidagi 20-maktabning 180 o‘rinli qo‘shimcha binolari foydalanish uchun ochildi. Investitsiya dasturi asosida bunyod etilgan mazkur ob’ektlarning har biriga 1 milliard 800 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.

Mehmonlar yangi binolarda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

[gallery-19561]

Furqat mahallasida 3-maktabgacha ta’lim tashkilotining 150 o‘rinli yangi binosi, Oq oltin mahallasida “Kelajak” madaniyat markazining ochilishi, 97 va 114-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining qo‘shimcha o‘quv binolari ham pastdarg‘omliklar uchun bayramga chinakam sovg‘a bo‘ldi. 

Tuman sektorlari rahbarlari, tashkilotlar yetakchilari maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limida maktablar uchun kitob sovg‘a qilish tadbirida qatnashdi. Rahbarlar tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun o‘n mingga yaqin badiiy kitob sovg‘a qilindi.

– Agar har bir rahbar yoki maktablarning sobiq o‘quvchilari o‘zi o‘qigan ta’lim dargohiga kitob sovg‘a qilishni odatga aylantirsa, maktablarimiz kutubxonalari kitobga to‘lib ketadi, – dedi Pastdarg‘om tumani hokimi Sh.Rahmonov. – Buning natijasida o‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘onadi, muhimi, bu an’anani farzandlarimiz ham davom ettiradi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pastdarg‘omlik rahbarlar maktablarga 10 mingta kitob sovg‘a qildi