Isteʼdodlilar saralandi
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining Navoiy viloyati bosqiçi yakunlandi.
Unda tanlovning tuman va şahar bosqiçlarida saralab olingan 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan 100 nafardan ortiq iqtidorli qizlar iştirok etdi. Ular fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, jamoatçilik, axborot texnologiyalari va tibbiyot kabi 9 ta yönaliş böyiça öz bilim, iqtidor va salohiyatlarini namoyiş etdilar.

Tadbir avvalida viloyat hokimi örinbosari – Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Malika Mamadiyorova sözga çiqib, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, taʼlim olişi, kasb-hunar egallaşi, ilmiy va ijodiy salohiyatini röyobga çiqarişi uçun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida töxtalib ötdi.
Taʼkidlanganidek, bugun iqtidorli yoş qizlarni aniqlaş, ularning taşabbuslarini rağbatlantiriş va jamiyat hayotidagi faolligini oşirişga qaratilgan islohotlar özining amaliy samaralarini bermoqda. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti esa ana şunday yoşlarni kaşf etiş, ularning mehnati va isteʼdodini munosib eʼtirof etiş, yangi marralar sari ruhlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tanlov jarayonida qizlarning erişgan yutuqlari, ijodiy işlari, ilmiy izlanişlari, jamoatçilik faoliyati hamda kelgusidagi maqsad va intilişlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yönalişlarda ğolib deb topilgan qizlar tanlovning yakuniy bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanmani qölga kiritdilar.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri