MDH kuzatuvchilari O‘zMTDP vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashida MDHning saylovlarni kuzatish missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Markaziy kengash raisi o‘rinbosarlari Bahodir Mamatxonov va Feruza Muhammedjanova xorijiy kuzatuvchilarga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan bo‘lajak saylovlarda munosib ishtirok etish uchun amalga oshirilgan ishlar, jumladan, yangi saylovoldi dasturi va deputatlikka nomzodlarni shakllantirish jarayonlari haqida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, ayni paytda qizg‘in pallaga kirgan saylovoldi tashviqotida partiya va nomzodlarning ishtiroki xususida to‘xtalib o‘tildi.

O‘z navbatida, MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchilari ushbu missiyaning asosiy maqsadlari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, mehmonlar tashrif davomida Markaziy kengashda tashkil etilgan saylov shtabi faoliyati bilan tanishdi.
M.Komilova, O‘zA