Bugun, 24 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Vengriya poytaxti Budapesht shahrida yakunlangan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan shaxmatchilarimiz tantali kutib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi olimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar jamoasi 170 taga yaqin jamoa orasida 12-o‘rinni egalladi. 

Shaxmat olimpiadasining yakkalik bahslari sarhisobiga ko‘ra, 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov kumush, 4-taxtada Shamsiddin Vohidov oltin, ayollar musobaqasining 5-taxtasida o‘ynagan Nodira Nodirjonova kumush medalga sazovor bo‘ldi. 

Butunjahon shaxmat olimpiadasining yopilish marosimida ikki yildan so‘ng O‘zbekistonda o‘tkaziladigan shaxmat olimpiadasi bayrog‘ini Nodirbek Abdusattorov qabul qilib oldi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat olimpiadasida sovrindor bo‘lganlar tantanali kutib olinadi 