Shu yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament va mahalliy Kengash deputatlari saylovi bo‘yicha saylovoldi tashviqotiga 2024 yil 22 sentyabrdan start berildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining bugun bo‘lib o‘tgan majlisida ma’lum qilindi.

Markaziy saylov komissiyasining majlisida Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish hamda saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.  

Qayd etilganidek, bu yil parlament quyi palatasiga saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatning yetmish besh nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylovchilarning bevosita aniq bir nomzodlarga bergan ovozlariga muvofiq saylanadi. Qolgan yetmish besh nafari esa yagona saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati (ya’ni partiya ro‘yxati) asosida saylanadi.  

Majlisda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shunga ko‘ra, beshta siyosiy partiya tomonidan bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatligiga ko‘rsatilgan jami 375 nafar nomzod ro‘yxatga olindi.

Shuningdek, yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatligiga mazkur siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan jami 500 nafar partiya ro‘yxatidagi nomzodlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.  

[gallery-19372]

— Milliy saylov tajribamizda ilk marotaba beshta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi, — dedi MSK kotibiyati rahbari Xudoyor Mamatov. — Xususan, siyosiy partiyalar Qonunchilik palatasiga jami 875 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 3 ming 625 nafar, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga jami 24 ming 850 nafar nomzodlar, ya’ni barcha saylov okruglarida nomzodlar to‘liq ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldi. Bunda “E-saylov” interaktiv portalining ishga tushgani ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu tizim orqali siyosiy partiyalar nomzodlarning qonunchilik talablariga mosligi holati bo‘yicha saylov komissiyalari bilan tezkor ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar orasida ayollar soni 391 nafarni yoki 44,7 foizni tashkil etdi. Bu saylov tariximizdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Avvalgi saylovlarga qaraganda nomzodlar ham ancha yoshargan. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning o‘rtacha yoshi 47,2 yosh. Ulardan 44,2 foizi 45 yoshgacha bo‘lganlar, 44,3 foizi 45-60 yoshdagilardir. Nomzodlar orasida eng yoshi 25 yosh.

Nomzodlarning 99,3 foizi oliy ma’lumotli. Ular orasida iqtisodchilar – 20,2 foiz, pedagoglar – 27,9 foiz, muhandislar – 7,9 foiz, shifokorlar – 9,1 foiz, huquqshunoslar – 16,5 foiz, tadbirkor, fermer va boshqa soha vakillari 18,4 foizni tashkil etadi, — dedi X.Mamatov.  

Yig‘ilishda hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ham ro‘yxatdan o‘tkazilgani qayd etildi va nomzodlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.  

Bundan tashqari, majlisda Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Qaror bilan Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlarning va siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti 2024 yil 22 sentyabrdan boshlanishi belgilandi.

Shuningdek, saylovoldi tashviqoti davrida siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etishi uchun ijozat berilgan navbati ketma-ketligida siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari belgilandi.

Majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Muhtarama Komilova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saylov-2024: 22 sentyabrdan saylovoldi tashviqotiga start berildi