Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov taklifiga binoan janubdagi vohaga keldi.

Delegatsiya tarkibida Novosibirsk viloyati gubernatori o‘rinbosarlari, qator tarmoqlar vaziri va vazir o‘rinbosarlari, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasi vakillari, salohiyatli tadbirkorlar bor. 

Mehmonlar viloyatga safarini O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida barpo etilgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov delegatsiya a’zolariga markaz haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

Markaziy Osiyoda hozircha muqobili yo‘q erkin savdo zonasi 36 gektar maydonda bunyod etilgan. Qiymati 70 million dollarga teng loyiha Afg‘oniston, Pokiston va boshqa mamlakatlar tadbirkorlariga sanoat, iste’mol tovarlari savdosi hamda eksportini o‘stirishda muhim o‘rin tutadi. Majmua yiliga 1,5 million kishini qabul qilish va yiliga 1 milliard 200 million dollarlik savdo-sotiqni amalga oshirish quvvatiga ega. 

Xalqaro savdo markazida qator imtiyozlar yaratilgan. Jumladan, barcha chet davlat fuqarolariga O‘zbekistonga kirish vizasisiz 15 kun markazda bo‘lish va chiqish imkoniyati beriladi. Multivalyuta, ya’ni O‘zbekiston so‘mi bilan birga AQSH dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan qabul qilish tizimi joriy etilgan. Markaz hududiga keluvchi barcha tovarlar bojxona to‘lovlarisiz joylashtiriladi va chiqariladi. Hududda banklar, notarius va boshqa davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan. Shuningdek, majmuada “Hilton Garden Inn” mehmonxonasi, “Akfa Medline” zamonaviy tibbiyot majmuasi, “Central Asia University” biznes maktabi, yirik savdo markazi, restoran, xostel, yiliga 900 ming tonna yuk aylanmasi quvvatiga ega yirik logistika markazi hamda ishlab chiqarish korxonalari barpo etilgan. Maydoni 50 ming kvadrat-metr bo‘lgan mingta savdo do‘koni, bir yilda 100 ming yuk mashinasini qabul qilish quvvatiga ega avtoturargoh qurilgan. 

Xalqaro savdo markazi Karachi-Termiz-Toshkent-Qozog‘iston-Rossiya transport koridorining muhim bog‘lovchi qismi sifatida Hind okeani portlariga chiqish imkonini ham beradi. 

Yirik majmuada zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash inshootlari mavjud bo‘lib, yuklarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tezkor rasmiylashtirish uchun barcha qulaylik mavjud. 

Mehmonlar Biznes maktabi, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika va zargarlik mahsulotlari shourumlari, logistika markazi va boshqa qator inshootlar, yaratilgan sharoitlar, imkoniyat hamda imtiyozlar bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda O‘zbekiston va Rossiya, xususan, Surxondaryo va Novosibirsk o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish uchun ham qulay muhit mavjudligi qayd etildi. 

Shu kuni Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Termiz tumanida joylashgan “TERMEZ CARGO CENTRE” transport-logistika markazida ham bo‘lib, uning faoliyatini ko‘zdan kechirdi. 

Qariyb 50 gektar maydonda joylashgan markaz har biri 6 ming kvadrat-metr bo‘lgan to‘rtta mahsulot saqlaydigan omborga ega. U O‘zbekistondan nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki, dunyoning boshqa davlatlariga ham mahsulotlarni xavfsiz, ishonchli yetkazadigan muhim logistika inshooti sanaladi. Yirik transport-logistika markazining kelajakda o‘zaro tovarlar eksportida mahsulotlarni saralash, saqlash va yetkazib berishda uning imkoniyatlaridan keng foydalanish yaxshi samaralar berishi e’tirof etildi. 

Novosibirsklik mehmonlar 20 sentyabrgacha vohaning foydali qazilmalari salohiyati to‘g‘risidagi taqdimotlar, viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalari, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot muassasalari, tarixiy obidalar, muzeylar hamda boshqa diqqatga sazovor joylar bilan yaqindan tanishadi. Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazib, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolash rejalashtirilgan. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Novosibirsk delegatsiyasi Surxondaryoda