O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda va uning muvaffaqiyatli kelajagi ko‘p jihatdan yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligiga bog‘liq. Mamlakatimizda texnologik taraqqiyot va sanoat ishlab chiqarishining jadal sur’atlar bilan o‘sayotgan sharoitda muhandis kadrlarni tayyorlash masalasi yanada dolzarb bo‘lib bormoqda.

Rossiyaning “MISIS” Fan va texnologiya universiteti 30 yildan ortiq vaqt mobaynida iqtisodiyot sanoat sektorining asosiy tarmoqlari uchun muhandis kadrlar tayyorlab kelmoqda. 2018 yilda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida ushbu oliygohning filiali ochilganidan keyin hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2018 yilda filialga uchta ta’lim yo‘nalishi: “Konchilik”, “Metallurgiya” va “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilindi.

O‘tgan 2023 yilda filialning "biznes hamkorlari" talabiga binoan Rosta’limnazoratidan "Axborot texnologiyalari" va "Iqtisodiyot" ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha litsenziyalar olindi. 

Rosta’limnazorati qaroriga ko‘ra, "MISIS" Fan va texnologiya universitetining Olmaliq filiali "Elektr energetikasi va elektrotexnika" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha litsenziya oldi. 

Rosta’limnazoratidan litsenziyalarni olish jarayoni talabalar shaharchasidagi sharoitlardan tortib, professor-o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasini belgilashgacha bo‘lgan jarayon bir yildan ortiq mashaqqatli mehnatni talab etdi.

Har bir jihat maxsus komissiya tomonidan o‘rganildi. Filial 2023 yil fevral oyida hujjatlarni topshirgan bo‘lsa, 2024 yil avgust oyiga kelibgina litsenziya berildi. 

Endi Filial kelajakda xalqaro darajadagi energetika xodimlarini tayyorlaydi! Abituriyentlarni qabul qilish keyingi 2025/2026 o‘quv yiliga rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, ikki davlat prezidentlarining qarori bilan MISIS Fan va texnologiyalar universitetining Olmaliq filiali negizida Ilg‘or muhandislik maktabi (IMM) tashkil etiladi. 

IMMda o‘quv jarayoni ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistratura dasturlari asosida amalga oshiriladi. Bo‘lajak talabalarni IMMga qabul qilish ham 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab amalga oshiriladi. 

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda xalqaro darajadagi energetik kadrlar tayyorlanadi