Ayni kunlarda Fransiyaning Lion shahrida “WorldSkills Lyon-2024” kasbiy ko‘nikmalar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning eng yirik mahorat musobaqasida 70 dan ortiq davlatdan 1 ming 400 nafardan ziyod mutaxassis 62 ta kasb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston sharafini ikki nafar yosh usta avtomobil texnologiyasi hamda elektr muhandisligi yo‘nalishlarida himoya qilmoqda. Yosh ustalarimiz “WorldSkills Uzbekistan-2023” g‘oliblari hisoblanadi va ushbu tanlovda o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda.  

O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi ham musobaqada ishtirok etib, 2025 yilda Tayvanda bo‘lib o‘tadigan “WorldSkills Asia-2025” musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.  

Yoshlar ishlari agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, musobaqaning tantanali ochilish marosimida Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makron ham ishtirok etdi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston yoshlari “WorldSkills Lyon-2024” musobaqasida qatnashmoqda