Metro, katta magazin va shu kabilarda odamlarni yuqoriga chiqarish va pastga tushirishda eskalatorlarning o‘rni katta.

“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlatimiz rahbarining 2021 yil 16 oktyabrdagi “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, poytaxtda metropolitenda xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan 6 dona eskalatorni almashtirish uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 900 ming AQSH dollari ajratilishi ko‘zda tutilgan.  

Shu sababli, metropoliten mutaxassislari tomonidan o‘rganishlar olib borilishi va ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘larning xarajati optimallashtirilishi natijasida 6 dona eskalator o‘rniga, “Xalqlar do‘stligi”, “Novza” va “Paxtakor” bekatlaridagi ma’nan eskirgan 8 dona eskalatorni almashtirish rejalashtirildi.  

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ko‘rsatib o‘tilgan bekatlarga o‘rnatish uchun xarid qilingan 8 dona eskalator texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘liq yuklama bilan sutkasiga 20 soat davomida uzluksiz ishlash quvvatiga ega qurilma bo‘lib, “og‘ir turdagi” eskalatorlar turkumiga mansub hamda Respublika hududida faqatgina metropoliten ob’ektlarida foydalaniladi.

Belgilangan tartibda, metropoliten xodimlari tomonidan hujjatlar davlat xaridini amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish kompleks markazi” DUKdan ekspertizadan o‘tkazilib, o‘rganilgan bozor narxlarini tasdiqlash va yakuniy xulosa olish uchun taqdim qilingan. 

Taqdim etilgan hujjatlarga asosan, Markaz tomonidan tegishli ekspertiza o‘tkazilib, narxlar tasdiqlangan va 2023 yil 23 iyunda 45/01-07/2-2886-sonli ijobiy xulosa olingan.  

Ushbu xulosa asosida, eskalatorlarni yetkazib beruvchi korxonani aniqlash maqsadida 2023 yil 10 oktyabrda va 26 oktyabrda elektron tender tanlovlari o‘tkazilgan. Biroq, tender tanlovlari turli sabablarga ko‘ra (hujjatlar to‘liq emasligi, qatnashuvchi korxonalar yetarli bo‘lmaganligi va h.k.) bekor qilingan.  

Shuningdek, 2023 yil 18 noyabrda uchinchi bor elektron tanlov o‘tkazilgan va tanlov natijasi bo‘yicha “MERCURY SOLUTION” MCHJ g‘olib topilib, 8 dona eskalatorni yetkazib berish, o‘rnatish hamda ishga tushirish bo‘yicha 10,554 milliard so‘mlik (QQS bilan 12%), 10-sonli shartnoma rasmiylashtirilgan.

Jumladan, shartnoma asosida ko‘rsatib o‘tilgan “og‘ir turdagi” eskalatorning ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan narxi 55 ming dollarni tashkil qilgan.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bir dona eskalatorni yetkazib berish transport harajati – 16,0 ming, bojxona boj to‘lovi (5 %) – 3,6 ming, qo‘shilgan qiymat solig‘i (12%) - 8,9 ming hamda o‘rnatish, sertifikatlash kabi boshqa harajatlar – 11,8 ming AQSH dollarini tashkil qiladi va eskalator bir donasining tan narxi, “MERCURY SOLUTION MCHJ ning foydasini hisobga olmaganda 95,3 ming AQSH dollardan iborat.  

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, hozirgi kunda “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan metropolitenning Chilonzor yo‘nalishidagi “Mustaqillik maydoni” va “Hamid Olimjon” bekatlarida eskirgan eskalatorlarni yangisiga almashtirish uchun uchinchi bor eskalatorlar xaridiga lot orqali elektron tender tanlovi joylashtirilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent metropoliteni”da eskirgan eskalatorlarni almashtirish uchun 900 ming AQSH dollari ajratiladi