Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) tomonidan sun’iy intellekt texnologiyasini keng joriy etish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, Markaziy bank, yetakchi banklar vakillari shuningdek, AICA rezidentlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tijorat banklari tomonidan sun’iy intellekt texnologiyasi qo‘llanilgan tizimlar va ular yordamida erishilgan natijalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. Raqamli texnologiyalar vazirligining ushbu sohada 2030 yilga qadar ustuvor maqsadlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida banklar tomonidan keng foydalaniladigan skoring tizimini takomillashtirish hamda ushbu tizimga sun’iy intellekt texnologiyasini qo‘llash natijasida foydalanuvchilar qamrovini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
N.Rahmonova, O‘zA