6-11 sentyabr kunlari Tatariston Respublikasi poytaxtida Qozon xalqaro “Oltin minbar” festivali bo‘lib o‘tdi.

Unda dunyoning turli davlatlarida yaratilgan 140 dan ortiq filmlar namoyish etildi.  

Badiiy filmlar tanlovida o‘zbekistonlik rejissyor Yolqin To‘ychiyevning “Evrilish” filmi bilan ishtirok etdi.  

Xalqaro festivalning "To‘liq metrajli badiiy filmdagi eng yaxshi aktyor" yo‘nalishida  “Evrilish” (O‘zbekiston) filmidagi roli uchun O‘lmas O‘rayev g‘olib bo‘ldi.

Kinematografiya agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, filmning syujetida o‘zbekistonlik qahramon taqdiri, ruhiy kechinmalari, uning sovet davrida harbiylar safida xizmat qilgani va urushga borgani haqida hikoya qilinadi. Urush uning va atrofidagi insonlarning hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi.  

Yillar o‘tib, ko‘plab hayot mashaqqatlarini boshidan kechirgan qahramon tinchlik o‘rnatilgandan keyin O‘zbekistonga - o‘z Vataniga qaytadi. Film voqealari O‘zbekiston, Afg‘oniston, Misr va Buyuk Britaniyada suratga olingan.

Film ssenariy muallifi va rejissyori -  Yolqin To‘ychiyev, prodyuser - Avazxon Tojixonov, operator - Rustam Murodov, rejissyor Bektosh Rajabov, rejissyor - Shokir Nabiyev.  

Aktyorlar guruhida O‘lmas O‘rayev, Bahrom Matchonov, Botir Abdurahmonov, Jo‘rabek Arziyev, Ilmira Rahimjonova, Yulduz Rajabova va boshqalar ishtirok etgan.

N.Usmonova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir o‘zbek filmining xalqaro e’tirofi