Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Tashabbusli byudjet” loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini isloh qilish, mavjud moliyaviy imkoniyatlarni eng muhim masalalarga jalb etish, byudjet sarfi jarayonining shaffof va ochiqligini ta’minlash, qolaversa, mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, fuqarolarning jamiyat hayotida faol ishtiroki va daxldorlik hissini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024 yil mavsumida Oltinko‘l tumanidagi ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha umumiy qiymati 12 milliard 180 million so‘m bo‘lgan 8 ta loyiha g‘olib deb topilgan edi. Ayni kunda ana shu loyihalar doirasida buyurtmachi tashkilot “Andijon mintaqaviy yo‘llar” davlat unitar korxonasi tomonidan tumandagi Katta Oqtepa, Uzunko‘cha, Ittifoq, Maslahat mahallalarining ichki ko‘chalarini asfaltlash ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

– Necha yillardan buyon ichki yo‘llarimizni ta’mirlashga, asfaltlashga harakat qilib kelardik, – deydi Ittifoq mahallasida ish olib borayotgan hokim yordamchisi Ahmadali Qambarov. – Lekin ijobiy natijaga erisha olmayotgan edik. “Tashabbusli byudjet” tanlovining 1-mavsumida qatnashib, ko‘chalarimizni asfaltlash uchun 1 milliard 360 million so‘m yutdik. Hozirda mahallamizning Uzunko‘cha, Toshkent, Ulug‘nor va Yoshlik ko‘chalari asfaltlanmoqda. Bundan mahalladoshlarimizning quvonchi cheksiz. Nasib etsa, endi odamlarni yo‘l muammosi qiynamaydi.  

Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida Madiyorchek, Temirxo‘ja, Qoraqalpoq hamda Guliston mahallalarida ham ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshiriladi. Umuman, g‘olib bo‘lgan 8 ta loyiha doirasida tumandagi 25 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘l asfaltlanadi.  

Yo‘lsozlar tomonidan esa “Tashabbusli byudjet” tanlovida g‘olib bo‘lgan loyihalarda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun zarur ishlar olib borilmoqda.  

F.  Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet”: mahallaning ichki ko‘chalari obod bo‘lmoqda