Isroil Madrimov «The Ring» reytingida ko‘tarildi
Professional boks bo‘yicha «WBA» yo‘nalishida super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni hamyurtimiz Isroil Madrimov dunyoga mashhur «The Ring» reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur reytingning birinchi pog‘onasida amerikalik Terens Krouford hamon birinchi o‘rinda bormoqda. Quyida «The Ring» reytingining kuchli o‘ntaligi bilan tanishasiz:
1. Terenc Krouford (AQSH)
2. Isroil Madrimov (O‘zbekiston)
3. Sebastyan Fundora (AQSH)
4. Virjil Ortis (AQSH)
5. Tim Szyu (Avstraliya)
6. Sergey Bogachuk (Ukraina)
7. Erikson Lubin (AQSH)
8. Xesus Ramos (AQSH)
9. Charlz Conuyell (AQSH)
10. Brayan Mendoza (AQSH).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA