Futbolçilarimiz muhim öyinda işonçli ğalaba qozondi
Qatarda 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatining guruh bosqiçi uçraşuvlari davom etmoqda. Musobaqaning «Ye» guruhida iştirok etayotgan Özbekiston ösmirlar terma jamoasi ikkinçi turda Yamayka vakillariga qarşi maydonga çiqdi.
Uçraşuvda hisobni 8-daqiqada yamaykalik Kelvin Braun oçdi. Biroq, oradan bir daqiqa ötib, terma jamoamiz aʼzolari muvozanatni tikladi. Abubakir Rahimovning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan töpni esa Laziz Abduraimov golga aylantirdi — 1:1. 25-daqiqada Kelvin Braun yana bir bor gol urib, Yamaykani oldinga olib çiqdi. 31-daqiqada Mirjamol Anvarov uzatgan töpni Suhrob Sadirjonov aniq zarba bilan yakunlab, hisobni tenglaştirdi.
Ikkinçi bölimda ham terma jamoamiz hujumkor öyin namoyiş etdi. 47-daqiqada Asilbek Aliyevning uzatmasidan söng Suhrob Sadirjonov özining ikkinçi golini urib, Özbekistonni hisobda oldinga olib çiqdi. 58-daqiqada esa Asilbek Aliyevning navbatdagi uzatmasini golga aylantirgan Sadirjonov xet-trik qayd etdi. 79-daqiqada Amirxon Erkinov raqib darvozasini işğol etib, hisobni 5:2 körinişiga keltirdi. Asosiy vaqtga qöşib berilgan daqiqalarning ikkinçisida Ahrorbek Ravşanbekov uzoq masofadan töpni darvozaga joylab qöydi.

Şu tariqa, Özbekiston ösmirlar terma jamoasi jahon çempionatidagi ikkinçi uçraşuvida Yamayka ustidan 6:2 hisobida ğalaba qozonib, musobaqadagi ilk uç oçkosini jamğardi.
Endi Sergey Çigodayev boşçiligidagi jamoamiz guruh bosqiçining sönggi turida 26-noyabr kuni Italiya ösmirlar terma jamoasiga qarşi bahs olib boradi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA