Bugun Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi doirasida test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Bu jarayon Navoiy viloyatida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida tashkil etilgan imtihonda birinchi bosqich sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan 480 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.  

– Majmuada imtihonning shaffof va adolatli o‘tishi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rilgan, – deydi Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi shu’ba boshlig‘i Odil Norov. – O‘quvchilar to‘liq Face ID tekshiruvidan o‘tkazilib, test jarayonlariga kiritildi. Test hujjatlari imtihon boshlanish jarayonidan oldinroq maxsus qoplarda keltirilib, xolislar ishtirokida ochilgan holda guruhlar uchun biriktirilgan mas’ullar tomonidan o‘quvchilarga tarqatildi.  

Ushbu bosqichda o‘quvchilar mantiq elementlari bo‘lgan matematika faniga oid 40 ta masala, ingliz tilidan esa 40 ta test savolini yechdi. Ularning faqatgina 24 nafari Prezident maktabiga qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablarining 5-sinf kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida o‘z hududidagi o‘zlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida o‘qish istagini bildirgan taqdirda, kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

Bunda, talabgorlar Prezident maktabiga saralash imtihonlarining ikkinchi bosqich javoblari e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida ixtisoslashtirilgan maktab direktori nomiga o‘qishga qabul qilishni so‘rab ariza bilan murojaat etishi lozim.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi