Joriy yil 9-10 oktyabr kunlari Bishkek shahrida turkiy davlatlar ishtirokida sun’iy intellekt masalasiga bag‘ishlangan sammit tashkil etiladi, deb xabar berdi Qirg‘iz Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi.

Mazkur tadbir Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining X sammitidagi ishtiroki yakuni bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar rejasi asosida o‘tkaziladi.

– Bo‘lajak sammitda asosiy ma’ruzalardan tashqari sessiyalar – sun’iy intellekt bilan bog‘liq dolzarb mavzularni muhokama qilish uchun ochiq platforma yaratish, ilg‘or tajriba almashish, o‘zaro innovatsiyani rag‘batlantirish, sohada taraqqiyotini ta’minlash uchun hamkorlik strategiyalari ishlab chiqish va motivatsion suhbatlar uyushtiriladi. – Ko‘rgazmada hamkorlar loyihalari, raqamli kompaniyalarning so‘nggi ishlanmalari ham namoyish etiladi.

Ta’kidlanishicha, ishtirokchichlar “Sun’iy intellekt va kiber xavfsizlik kelajagi”, “Ma’lumotga asoslangan qaror qabul qilishda sun’iy intellektning o‘rni”, “Cloud” texnologiyalarini optimallashtirish”, “Mahalliy Sun’iy intellekt yaratish”, “Sun’iy intellektni tartibga solish” kabi mavzular yuzasidan fikr almashadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bishkekda TDT sun’iy intellekt bo‘yicha sammiti bo‘lib o‘tadi