Avstriya TIV sayti hujumga uçradi
Avstriya Taşqi işlar vazirligi rasmiy veb-saytiga kiber hujum uyuştirilgani maʼlum qilindi. Natijada firibgarlar idora xodimlari va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rasmiy aloqa maʼlumotiga ega bölgan.
AzerTAJ yozişiça, bu haqda mamlakat Matbuot agentligi vazirlik bayonotiga tayanib xabar bergan.
Xorijiy pudratçi tomonidan boşqariladigan veb-saytga ruxsatsiz kiriş 13-noyabrga ötar keçasi qayd etilgan. Hodisa "Microsoft" tizimida yuz bergan global nosozlik bilan bir vaqtga töğri keldi.
Ekspertlar guruhi tekşiruvi davomida maʼlum bölişiça, xakerlar TIV markaziy apparati, şuningdek xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xodimlarining ismlari va işbilarmonlik aloqa maʼlumotlari aks etgan qaydlarga kirgan. Binobarin, heç qanday maxfiy yoki şaxsiy maʼlumot öğirlanmagani aytildi.
Vazirlik xorijiy pudratçi bilan birga tizimni himoya qiliş uçun keçiktirib bölmaydigan çoralar körilgani, holatga jiddiy yondaşilganini taʼkidladi. Şu munosabat bilan xavfsizlik tizimida qöşimça texnik tekşiruv ötkazildi.
Eslatib ötamiz, Avstriya TIV avval ham kiber hujum nişoniga aylangan: 2020-yil boşida idora fevral oyigaça davom etgan keng kölamli kiber hujumga uçragan, 2022-yil aprel oyida esa fişing xati orqali hujum urinişi qayd etilgan.
A.Mamatov, ÖzA