O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar, shundan 143,3 gektar sug‘oriladigan yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi va ushbu yerlar hisobiga "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi.

Qaror bilan "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilayotgan hududi chegaralari tasdiqlandi.

Bir oy muddatda "Qo‘qon" EIZning kengaytirilayotgan hududi bosh rejasi ishlab chiqiladi.

"Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot hisoblanadi.

Bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

2026 yil oxiriga qadar "Qo‘qon" EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, 11,7 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Yiliga 965 mln AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarilib, shundan 313,6 mln dollarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha quvvatlar ishga tushiriladi.

"Qo‘qon" EIZning kengaytirilayotgan hududida:

uch oy muddatda 2024-2025 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi bilan ta’minlanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxati tasdiqlanadi;

2024 yil 1 noyabrga qadar ob’ektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda kelishish ishlari yakunlanadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi