Senat yalpi majlisida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ushbu hujjat bilan sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ish beruvchining bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron shaklda yuborish shartlari belgilanmoqda.  

Qonunda xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari aniq belgilab berilayotgani hamda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bilan o‘zaro muvofiqlashtirilayotgani kelgusida ishchilarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.  

Qonunda bandlikni rag‘batlantirish va aholini tadbirkorlikka jalb etish uchun vazirlik va idoralarning mablag‘lari hisobidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordamlar, ya’ni subsidiyalar ularning maqsadli jamg‘armalari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilib, ssuda ajratish yoki rad etishning asoslari belgilab qo‘yilmoqda.  

Ish qidirayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi soddalashtirilmoqda.  

Unga ko‘ra, ish qidirayotgan shaxslarning ish staji, ma’lumoti (mavjud bo‘lgan taqdirda), ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar mahalliy mehnat organi tomonidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinishi belgilanmoqda.  

Qonunda ishga joylashtirishga doir yo‘llanmalar va ishga joylashishga ko‘maklashish yuzasidan murojaatnomalar asosida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish tartibi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqlashtirilmoqda.  

Bundan tashqari, qonun asosida mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar belgilanib, agar mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqining ishdan bo‘shatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq ko‘pi bilan ikki oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanishi nazarda tutilmoqda.  

Qonunda ishdan va ish haqi (mehnat daromadi)dan mahrum bo‘lgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilash shartlariga aniqlik kiritilib, ishsizlik nafaqasini to‘lashni tugatish va to‘xtatib turish tartiblari takomillashtirilmoqda.  

Bundan tashqari, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar bilan bunday ishlarda ishtirok etish uchun mehnat shartnomasi muddatini o‘n bir oygacha bo‘lgan muddatga tuzish asoslari, ishsiz shaxslarga stipendiya to‘lash shartlari belgilanmoqda hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari takomillashtirilmoqda.    

Hujjatda ishsiz shaxslarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyalarni to‘lash mezonlari aniq belgilanmoqda.  

Senatorlar ma’qullagan qonun ishga joylashtirish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirishga, ishga joylashtirish bo‘yicha murojaat qilayotgan fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligiga chek qo‘yish hamda aholining davlat organlariga nisbatan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.  

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishga joylashishdagi ortiqcha ovoragarchilikka chek qo‘yiladi