Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘nggi yillarda G‘ijduvon tumani sanoati 2 karra o‘sib, 2 trillion so‘mdan oshdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Prezidentimiz yig‘ilish aynan G‘ijduvonda bo‘layotgani bejiz emasligini ta’kidladi.   

So‘nggi yillarda tuman sanoati 2 karra o‘sib, 2 trillion so‘mdan oshdi, viloyatdagi ulushi esa to‘rtinchi o‘rindan uchinchiga ko‘tarildi.   

Shu vaqt ichida 2 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshlab, 2010-2016 yillarga qaraganda 4 barobar o‘sgan.  

Shu bilan birga, G‘ijduvonga investitsiya kiritish, sanoatda yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratishdagi eng katta muammo, bu – elektr ta’minoti va temir yo‘l infratuzilmasi.   

G‘ijduvon iqtisodiy zonasida bu masalalar hal qilinsa, tadbirkorlar 340 million dollarlik 100 ta loyihani boshlab, 10 ming aholini ishli qilmoqchi.   

Mutasaddilarga “Navoiy-Xorazm” yo‘nalishida qurilishi yakunlanmagan shoxobcha temir yo‘lini G‘ijduvongacha olib kelish topshirildi.   

O‘zA