Özbekiston elektrotexnika sanoatida tub özgarişlar: 2 milliard dollarlik sarmoya va yangi quvvatlar
Sönggi ön yil içida mamlakatimiz elektrotexnika tarmoğiga 2 milliard dollar miqdorida investitsiyalar jalb etilib, 413 ta yangi işlab çiqariş quvvatlari işga tuşirildi. Bu saʼy-harakatlar natijasida sohada işlab çiqariş hajmi keskin ortib, mahalliy mahsulotlarning nafaqat içki bozordagi, balki xorijdagi mavqei ham sezilarli darajada mustahkamlandi.
Maişiy texnika, quyoş panellari, elektron hisoblagiçlar, yuqori kuçlanişli transformatorlar kabi 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulotlarni işlab çiqariş yölga qöyildi.
Bu haqda 9-noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida elektrotexnika sanoatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va xorijlik investorlar bilan bölib ötgan muloqotda qayd etildi.
Darhaqiqat, sohada erişilgan natijalar, işlab çiqarişni kengaytiriş, yangi texnologiyalarni özlaştiriş borasidagi rejalar kölami oşmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan mutasaddilarga sohada yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaş va eksport salohiyatini oşiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilab berildi.
– Davlatimiz rahbari uşbu muloqotda bevosita işlab çiqariş, injiniring va yangi texnologiyalarni qöllaş uçun kadrlar tayyorlaşga yönaltirilayotgan investitsiyalar jarayoni bilan yaqindan tanişdi va bizga aniq topşiriqlar berdi, – dedi energetika vaziri Şerzod Xöjayev. – Xususan, Energetika vazirligi oldiga loyihalaş institutlari hamda mahalliy işlab çiqaruvçilar bilan uzoq muddatli şartnomalar tuziş vazifasi qöyildi. Bu tizim tadbirkorlarning kelajakka bölgan işonçini yanada oşiradi. Mazkur topşiriq ijrosini taʼminlaş maqsadida tegişli qaror loyihasi işlab çiqilib, hukumatga kiritiladi.
Muloqot davomida Prezidentimiz “NURA Electric” korxonasida muhandislik işlanmalari va dual taʼlimga alohida eʼtibor qaratilayotganini yuqori baholadi. Bugungi kunda uşbu korxonada 100 nafarga yaqin muhandis-konstruktor va texnologlar öz innovatsion işlanmalarini amaliyotga joriy etmoqda. Şuningdek, yana 50 nafar talaba dual taʼlim tizimi asosida ham mehnat qilib maoş olmoqda, ham bevosita işlab çiqarişda amaliy tajriba töplamoqda.
Taʼkidlanganidek, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaş va texnologik rivojlanişni taʼminlaşda zamonaviy muhandislar, konstruktorlar hamda ilmiy işlanmalar hal qiluvçi örin tutadi. Şu sababli, sohada malakali kadrlar tayyorlaş, muhandislik salohiyatini yuksaltiriş va innovatsion yeçimlarni işlab çiqarişga keng tatbiq etiş bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.
Videosi quyida:
Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOYEV (video),
ÖzA