Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi bir qator loyihalar yuzasidan ham kelishuvlarga erishildi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat hokimi Normat Tursunov O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining yig‘ilishi doirasida Rossiyaning Chelyabinsk oblasti gubernatori Aleksey Teksler bilan uchrashdi.  

Uchrashuv avvalida viloyat rahbari tomonidan so‘nggi yillarda Navoiy viloyatida biznes yuritish uchun investorlarga yaratilgan imkoniyatlar, viloyatning investitsion salohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.  

Tomonlar viloyatda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari masalalarini muhokama qilib, Navoiy viloyati hokimligi va Chelyabinsk oblasti hukumati o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi. Ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kelishuv imzolandi.  

Tadbir doirasida ikkita muhim loyihaga, jumladan, viloyatda 251 million dollarlik Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi maxsus sanoat parki va “Oriks” kompaniyasi tomonidan 140 million dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash loyihalariga start berildi.  

A.Bo‘riyev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiyda yangi loyihalarga start berildi