Joriy yilda o‘tkazilgan “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Hindistonning “The Economic Times” gazetasining diplomatik muhar.riri Dipanjan Roy Chaudhuriga tanlov statuetkasi, diplomi hamda pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Dehlida bo‘lib o‘tgan topshirish marosimida O‘zbekistonning Hindistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboyev, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov, “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda vostoka” gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbirda Xolmurod Salimov so‘zga chiqib, bu yilgi “Oltin qalam” XVIII tanlovida 40 dan ortiq mamlakatdan 100 nafarga yaqin jurnalist qatnashgani, ushbu nufuzli tanlov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida demokratik tamoyillar asosida yanada ochiq va shaffof tashkil etilgani, unga mahalliy va xorijiy jurnalistlarning qiziqishi oshib borayotganini alohida ta’kidladi.  

Chet el OAV vakillari tanlovga taqdim etgan ijodiy ishlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaralari, xususan, bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilgan yutuqlar, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar, yurtimizning turizm salohiyati mahorat bilan ochib berilgani aytib o‘tildi. Ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashishni ta’minlash kabi masalalar xususida so‘z yuritildi.

– “Oltin qalam” XVIII tanlovida ishtirok etganimdan, O‘zbekiston haqidagi maqolalarim tanlovda yuqori baholanganidan mamnunman. Hindiston ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish menga hamisha zavq bag‘ishlaydi, – deydi Dipanjan Roy Chaudhuri. – Har bir ijodkorga erishgan yutug‘i ilhom beradi. Men bundan keyin ham mamlakatingiz haqida turli mavzularda materiallar tayyorlab, ularni yanada keng auditoriyaga taqdim etishni rejalashtirganman.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonning “The Economic Times” gazetasi muharririga “Oltin qalam” topshirildi