Andrey Bistritskiy: Media jamiyatni birlaştiruvçi muhim kuçga aylanmoqda
Toşkentda bölib ötayotgan III Özbekiston – Rossiya media forumida RF “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universiteti Kreativ industriya fakulteti dekani Andrey Bistritskiy ikki davlat madaniy-maʼrifiy aloqalari, milliy özlikni anglaş va zamonaviy medianing jamiyat hayotidagi örni xususida fikr bildirdi.
Taʼkidlanişiça, bugungi tezkor özgarişlar şaroitida milliy özlikni anglaş, tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylaş masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Inson özini qaysi madaniyat va qadriyat bilan boğlaşi, milliy özligini qanday anglaşi zamonaviy jarayon taʼsirida özgarib bormoqda.

Bistritskiy Özbekiston – Rossiya tarixiy-madaniy muloqotini rivojlantirişda media imkoniyatiga alohida eʼtibor qaratdi. Uning fikriça, bugun OAV şunçaki axborot almaşiş emas, balki jamiyatni birlaştiriş, turli guruhlar örtasida aloqani şakllantiriş va özaro anglaşuvni mustahkamlaş vositasiga aylanmoqda. Şu maʼnoda media ikki mamlakat xalqlari örtasidagi muloqotni çuqurlaştiriş, umumiy tarix va madaniy merosni teranroq anglaş, şuningdek zamonaviy Özbekiston va Rossiya haqida xolis tasavvur şakllantirişda muhim örin tutadi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston – Rossiya III media forumi Özbekiston Milliy axborot agentligi va Rossiyaning TASS axborot agentligi hamkorligida taşkil etilgan.
Dilşod Hakimov,
Farhod Abdurasulov (surat),
ÖzA