Tovar va transport vositalari harakati yuqori bo‘lgan yirik chegara bojxona postlarida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ustuvor tartibda tezkorlik bilan amalga oshirish uchun maxsus belgilar bilan jihozlangan alohida yo‘laklar tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bunda tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari (piyoz, karam, gilos, o‘rik va boshqalar) ortilgan transport vositalarini ushbu yo‘laklarga yo‘naltirishda ustuvorlik ta’minlanadi.

Eksportga yo‘naltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari ortilgan transport vositalariga xalqaro standartlarga mos bo‘lgan farqlash belgisini (avtotransport vositasining old oyna o‘ng tomoniga) o‘rnatish tavsiya qilinadi.

Bu chegara-bojxona postlarida ushbu transport vositalarini alohida yo‘lakka yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi.

A.RUSTAMOV,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportga yo‘naltirilayotgan meva-sabzavotlar ortilgan transport vositalari uchun alohida yo‘lak tashkil etiladi