Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ularda bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida fraksiya a’zolari “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildi.

Qayd etilganidek, mazkur loyiha bilan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar oladigan shaxslar toifasiga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar bilan birga endilikda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar ham kirishi nazarda tutilmoqda.  

Muhokamalarda so‘z olgan fraksiya a’zolari ushbu loyihada ko‘zda tutilayotgan masala partiya elektorati manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladilar. Qonun loyihasi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlashga, qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyotidagi qarama-qarshiliklarning oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanini alohida qayd etdilar.  

M.Komilova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zo‘ravonlikdan jabrlanganlar ishga joylashishda qo‘shimcha kafolat oladiganlar toifasiga kiritiladi