Bugun, 18 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 52-yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tayotgan majlisda senatorlar, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.  

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib olib borayotgan yalpi majlisda «O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227-1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida», «Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun  hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida», «Baholash faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun  hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun  hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar muhokama qilinadi.  

Shuningdek, «Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida», «Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida», «Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 220-1-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida», «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun  hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.  

«Sanoat namunalarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999 yil 2 iyul) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida», «Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961 yil 26 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida», «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi o‘rtasida maxfiy harbiy ma’lumotlarni himoya qilishning chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Bitimni (Vashington, 2023 yil 9 iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunlar kun tartibidan o‘rin olgan.  

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi.  

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati to‘g‘risidagi axboroti tinglanadi.  

Vazirlar Mahkamasiga yaylovlar degradatsiyasining oziq-ovqat xavfsizligiga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda atrof-muhitga salbiy ta’siri yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari, Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.  

Yalpi majlisda ko‘riladigan barcha masalalar haqida saytimizda tanishtirib boramiz. Bizni kuzatib boring!  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatning navbatdagi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi