O‘zbekiston Respublikasining chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosati tufayli so‘nggi yillarda xorijiy davlatlar bilan do‘stona munosabatni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda.

Mamlakatimizdagi ijobiy o‘zgarishlar dunyo hamjamiyatida yurtimizga nisbatan qiziqishni kuchaytirib, davlatimizning xalqaro maydondagi nufuzining oshishiga xizmat qilmoqda. Izchil islohotlar, o‘z navbatida, media tuzilmalari oldiga jahonning yetakchi axborot agentliklari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, muntazam axborot almashishni yo‘lga qo‘yish, dunyoda ro‘y berayotgan voqealar to‘g‘risida aholini xolis, haqqoniy axborot bilan tezkor ta’minlash imkoniyatini yaratmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizning Janubiy Amerika davlatlari bilan turli sohalardagi hamkorlik ko‘lami kengaymoqda. Mintaqada Argentinaning o‘rni alohida ekanligi bois, ushbu davlat bilan muntazam axborot almashish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shundan kelib chiqib, O‘zA Argentina Respublikasi bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Lotin Amerika axborot agentligi (Latin America News Agency) bilan Anglashuv memorandumini imzoladi.

Mazkur tashabbusni Janubiy Amerika mintaqasi bilan axborot sohasida sheriklik o‘rnatish yo‘lidagi dastlabki qadam, deyish mumkin. Hozirgacha mintaqaning biror davlati bilan ayni yo‘nalishda hujjat imzolanmagan.

Ma’lumot o‘rnida: LANA (Latin America News Agency) butun dunyoga xabar uzatuvchi nufuzli axborot agentligidir. Qarorgohi Argentinaning Buenos-Ayres shahrida joylashgan muassasa Yevropa, Afrika va Osiyo bo‘ylab 20 ga yaqin hamkor bilan kelishuv imzolagan. Asosan ingliz va ispan tillarida ma’lumot tarqatuvchi ushbu nashrning xorijiy muxbirlari tarmog‘i mintaqada eng yirik hisoblanadi.

Ushbu muhim hujjatni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov va Lotin Amerika axborot agentligi rahbari Xuan Manuel Fonruj onlayn tarzda imzoladilar.

Videomuloqot tarzida kechgan uchrashuvda A.Ko‘chimov jahon miqyosida OAV bilan aloqalarni mustahkamlash agentlik uchun strategik vazifa hisoblanishini qayd etdi.

– Ayni payt biz dunyoning ko‘pgina yirik axborot agentliklari bilan faol axborot almashyapmiz, – dedi O‘zA rahbari. – LANA bilan sheriklik esa o‘quvchilarimizni nafaqat Argentina, balki butun mintaqa bilan bog‘liq voqea-hodisalardan tezkor xabardor qilish imkonini yaratadi. LANA O‘zAning Janubiy Amerikadagi birinchi axborot hamkori.

E’tiborli jihati, mazkur memorandum ikki davlat o‘rtasida keng qamrovli va samarali hamkorlik qilish orqali mamlakatlarimiz hayotiga oid, mintaqaviy va global mavzularni yoritib borish, turli madaniyatlar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, O‘zA va LANA minbari vositasida xolis, ishonchli axborot maydoni yaratishga qaratilgan.

– O‘zA bilan hamkorlik imkoniyatidan mamnunmiz, – dedi LANA Bosh direktori Xuan Manuel Fonruj. – Ta’kidlashim joiz, bu biz uchun Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlik yo‘lidagi dastlabki qadam. O‘zAning ispan tilida chiqadigan maqolalarini kuzatib boraman. Materiallar orqali agentlik O‘zbekiston yangiliklarini ishonchli manba sifatida ispan jamoatchiligiga tarqatmoqda. Ispan tilida so‘zlashuvchi mamlakat sifatida bu axborotlardan keng foydalanamiz va bo‘lishamiz.

Memorandumga muvofiq, endi ikki agentlik muntazam hamkorlik qiladi, maqola, foto va video lavhalardan o‘zaro foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘tkir ALIMOV,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zA Lotin Amerika axborot agentligi bilan memorandum imzoladi