Respublikada giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatidan tizimli ravishda chuqur o‘rganib borish, asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilish, Milliy markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

"O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-73-son, 06.05.2024 y.) qabul qilindi

Farmon bilan O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 – 2028-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya (Milliy strategiya) tasdiqlandi.

Shuningdek, narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi (Milliy markaz) etib qayta tashkil etildi.

Milliy markaz davlat komissiyasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan milliy dasturlar ijrosini muntazam monitoring qilib, belgilangan chora-tadbirlar sifatli hamda o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnoma, taklif va tavsiyalar kiritadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi