Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.Zokirovga “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan parlament so‘rovi yuborilgan edi.

Unda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarni yakuniga yetkazish borasida ko‘rilayotgan choralar, iste’molchilarga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish so‘ralgandi.  

Parlament quyi palatasining kuni kecha bo‘lib o‘tgan majlisida mazkur parlament so‘roviga yuborilgan javob ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, 2017-2023-yillarda respublikaning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 15 trillion so‘mga yaqin mablag‘lar hisobidan 5 ming 166 ta ichimlik va oqova suv obyektlari qurilib, foydalanishga topshirilgan. Xorijiy moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda jami 825 million dollarlik loyihalar doirasida 124 ta yirik inshootlar qurildi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 2017-yildagi 64 foizdan 77 foizga yetkazildi. Shuningdek, 9,3 million nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanib, 7,3 million nafar fuqaroning ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.  

Joriy yilda bu boradagi ishlar davom ettirilib, davlat byudjetidan ajratilgan 1 trillion 94 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 68 ta ichimlik, 21 ta oqova suv obyektlarini qurish, 861 km. ichimlik va 201 km. oqova suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan.  

Parlament so‘roviga kelgan javobda keltirilishicha, 2024-yilda qiymati 256,7 million dollar bo‘lgan 4 ta yirik loyihani boshlash rejalashtirilgan. Natijada yil yakuni bilan aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77 foizdan 81 foizga yetkaziladi.  

To‘lovlarni hisoblashda shaffoflikni oshirish maqsadida “Uzwater” yagona tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, iste’molchilar o‘zining shaxsiy kabinetidan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirish, olingan suv miqdori haqida hisobotlarni taqdim etish, o‘z balanslarini tekshirib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Majlisda “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini rivojlantirishning bosh sxemasini ishlab chiqish bo‘yicha boshlangan ishlar yakuniga yetmagani, ichimlik suvining sifatini to‘liq tahlil qiladigan laboratoriyalarni tashkil etish choralari ko‘rilmagani alohida qayd etildi.  

M.Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yil yakunigacha aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77 foizdan 81 foizga yetkaziladi