O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida joriy yil 22-24-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan to‘rtinchi “INNOPROM” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi oldidan brifing tashkil etildi.

Mazkur yirik tadbir, an’anaga ko‘ra, “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, bu gal nufuzli anjumanda Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston va Turkiya davlatlaridan tegishli vazir, vazir o‘rinbosarlari, mahalliy hokimiyat idoralari rahbarlari hamda 400 dan ziyod xorijiy kompaniya, 2500 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilyapti.

Tadbirda 40 dan ortiq mahalliy va xorijiy tarmoq, hududlar vakillari, vazir va o‘rinbosarlar ma’ruza qiladi. Asosiy yalpi majlisda savdo-iqtisodiy aloqani rivojlantirish, flagman loyihalar va hamkorlik istiqboli muhokama qilinadi.

Ko‘rgazma biznes dasturi doirasida xalqaro va hududlararo darajadagi sanoat kooperatsiyasi yangi jihatlari va vositalari batafsil tahlil etiladi.

Dastur doirasida O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Belarusb davlatlari milliy stendlari, 60 ga yaqin xorijiy kompaniya ekspozitsiyasi, hududlar burchagi namoyish etiladi.

Jami 20 tadbir, jumladan “Yashil texnologiya: ekologiya transporti rivojlanishining yuk tashish va turizmga ta’siri”, “Temir yo‘l: shaharlar va ishlab chiqarish uchun transport infratuzilmasi zamonaviy boshqaruv tizimiga investitsiya”, “Sof strategiya: Markaziy Osiyo yonilg‘i-energetika sektorining kompleks rivojlanishi va yangilanishi”, “Jahon sanoat parki kooperatsiyasi: investor uchun yangi uzluksiz makon yaratilishi”, “Markaziy Osiyoda sanoat sohasida ro‘yxatga olish, ombor va logistika” sessiya yig‘ilishlari, “Farmatsevtika va tibbiyot sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihati” davra suhbati hamda B2B uchrashuvlar rejalashtirilgan.

So‘nggi kun “INNOPROM universiteti. Bugungi innovatsion texnologiya – kelajak mutaxassisi uchun” mavzusiga bag‘ishlanadi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga hamma narsa shay!