FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Namangan shahrida 63-Xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.  

Ta’kidlash joiz, 2024-yilning 19-mayidan 23-iyuniga qadar Namangan an’anaviy xalqaro festivalga mezbonlik qiladi. Buning uchun hozirda puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.  

[gallery-16882]

Viloyat rahbari Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataluvchi madaniyat va istirohat bog‘i va uning atrofini ko‘zdan kechirib, dekorativ gullar bilan bezatish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Bu yil qirq kun davom etadigan tadbir dasturini yanada boyitish, unga taniqli san’atkorlar, el ardog‘idagi ijodkorlarni jalb etish, ko‘proq sayohatchilar kelishi uchun targ‘ibot ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish kabi masalalarga ham e’tibor qaratildi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda bo‘ladigan 63-Xalqaro gullar festivaliga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda