FOTOREPORTAJ
Bugun erta tongdan yurtimizdagi barcha jome masjidlari yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi. Mavjud 2070 ta jome masjidida Ramazon hayiti munosabati bilan hayit namozi o‘qildi.
Mo‘min-musulmonlar hayit namozini emin-erkin, ko‘tarinki ruhda ado etishi uchun masjidlarda qulay sharoit yaratildi. Masjidlarga tutash ko‘chalar vaqtincha yopilib, namozxonlar uchun joylar ajratildi. Ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va boshqa mutasaddi idoralar vakillari navbatchiligi tashkil etildi.
Nuroniy otaxonlar ushbu qutlug‘ kunda yurtga tinchlik-farovonlik, qut-baraka so‘rab duolar qildi.
Yurtimizdagi jome masjidlarida o‘qilgan hayit namozidan tayyorlangan fotoreportajni e’tiboringizga havola etamiz:
- Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Hasanxon qori” jome masjidida.
[gallery-16863]
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida Nukus shahridagi «Imom eshon Muhammad» jome masjidida.
[gallery-16859]
3. Andijon shahridagi “Hazrati Bilol” jome masjidida.
[gallery-16857]
4. Buxoro shahridagi “Volidai Abdulazizxon” jome masjidida.
[gallery-16864]
5. Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Yangi qishloq” hamda Zomin tumanidagi “Ma’rifatli” jome masjidlarida.
[gallery-16860]
[gallery-16862]
6. Navoiy shahridagi “Alisher Navoiy” jome masjidida.
[gallery-16865]
7. Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” jome masjidida.
[gallery-16867]
8. Samarqand shahridagi “Namozgoh” jome masjidida.
[gallery-16869]
9. Sirdaryo viloyatidagi “Guliston” jome masjidida.
[gallery-16870]
10. Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Sulton Saodat” jome masjidida.
[gallery-16871]
11. Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “Rahim ota” jome masjidida.
[gallery-16872]
12. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “Ko‘k gumbaz” hamda G‘uzor tumanidagi “Hazrati Mirijanda ota” jome masjidlarida.
[gallery-16873]
[gallery-16874]
13. Farg‘ona shahridagi “Toiba” jome masjidida.
[gallery-16875]
14. Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Oxun bobo” jome masjidida.
[gallery-16877]
Kamola YUSUPOVA,
O‘zA suratlari