AOKA da o‘tkazilgan brifingda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘rinbosari Furqat Jo‘raqulovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 12-20-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari, kitob ulashish aksiyalarini o‘z ichiga olgan loyiha amalga oshirildi.

Bunda respublikadagi 14 ta hududning 163 ta  eng chekka tuman,shaharida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarga ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va badiiy ijod kabi soha vakillaridan iborat 50 nafar “Ma’rifat” targ‘ibotchi jamiyati a’zosi jalb etildi.  

Loyiha doirasida 14 ta hududdan 28 nafar onaga farzandlari turli sohalarda katta yutuqlarga erishganligi uchun “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.  

Targ‘ibot tadbirlari doirasida tumanlarda “Ma’rifat ulashib”, “Kitob karvoni” aksiyalari tashkil etilib, 6 ming 400 dona o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat 80 turdagi kitob tarqatildi.

Milliy va umuminsoniy ahamiyatga ega axloqiy qadriyatlarni davr talablariga mos ravishda rivojlantirish orqali yetuk fuqaroni shakllantirish hamda jamiyatni har tomonlama yuksaltirish maqsadida “Yetuk fuqaro konsepsiyasi” loyihasi ishlab chiqildi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farzandlari turli sohalarda katta yutuqlarga erishgan onalar taqdirlandi