“Uzbekistan Airways” aviyakompaniyasining malum qilishicha, 1-apreldan Qo‘qon va Mo‘ynoq aeroportlari parvozlarni qabul qila boshlaydi.

Qo‘qon va Mo‘ynoq shaharlaridagi ikkita hududiy aeroport reyslarni qabul qilishga tayyor.  

“Uzbekistan Airways”aviakompaniyasi tomonidan joriy yilning 1-aprelidan boshlab Qo‘qon — Toshkent, shuningdek, Mo‘ynoq — Nukus yo‘nalishlarida havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar yengil L-410 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Toshkent — Qo‘qon — Toshkent yo‘nalishida qatnovlar har kuni amalga oshiriladi: Toshkentdan uchish soat 11:30da, Qo‘qonga qo‘nish soat 12:30; Qo‘qondan uchish soat 13:00da, Toshkentga yetib kelish soat 14:00.

Nukus — Mo‘ynoq — Nukus yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga uch marta — dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Nukusdan jo‘nab ketish soat 09:00da, Mo‘ynoqqa yetib kelish 09:35; Mo‘ynoqdan jo‘nash soat 10:05da, Nukusga yetib kelish 10:40.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘qon va Mo‘ynoq aeroportlari qachondan ishlashi ma'lum qilindi