Hindistonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan (ITF) erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi “M15 Chandigarh” xalqaro turniri yakunlandi.
Unda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov yakkalik bahslarining so‘nggi hal qiluvchi final bahsida mezbonlar vakili Ramkumar Ramanatan ustidan ikki setda 6:4, 6:2 hisobida ustun keldi.
Mazkur g‘alaba natijasida tennischimiz bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Shuni ta’kidlash joizki, Humoyun Sultonov ushbu turnirning juftlik bahslarida hindstonlik Kabir Xans bilan tandemda chorak finalga qadar yetib bordi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA