Navro‘z shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining davlat-xususiy sheriklik asosida qurilib bitkazilgan 400 o‘rinli talabalar turarjoyi binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbir avvalida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori – O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanoqulov va boshqalar so‘zga chiqib, yangi bino endilikda yoshlarning chuqur bilim olishi hamda kelgusi hayotlarida mustahkam poydevor yaratishlarida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.  

Tadbir mehmonlari turarjoy binosi hovlisiga daraxt ekishdi. Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.  

– Ushbu yangi bino universitet jamoasi, xususan, talabalarimiz uchun munosib tuhfa bo‘ldi, – deydi universitet prorektori Nasiba Ashurova.– 5 qavatli talabalar turarjoyini qurish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turarjoy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirildi.

Shu kunga qadar universitetda 700 o‘rinli bitta yotoqxona mavjud edi. Ushbu 400 o‘rinli yangi obyektda talabalar uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. Bu yerda talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida sport va san’atning turli yo‘nalishlari bilan muntazam shug‘ullanishi mumkin.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar uchun yangi turarjoy binosi qurildi