“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari tomonidan Buyuk Britaniyaning “Reding” universitetida “Central Asian Spring Festival – Navruz” bayrami tashkil etildi.
Mazkur universitetda ta’lim olayotgan 300 nafardan ortiq talaba uchun o‘zbekona milliy an’analar, urf-odatlar, qadriyatlar aks etgan tomoshalar namoyish etildi. Milliy taomlar tortiq qilindi, kuy-qo‘shiqlar bilan sahna ko‘rinishlari tashkillashtirildi.
Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari O‘zbekiston Respublikasining Shanxay shahridagi konsulligi tomonidan “Navro‘z” ayyomi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Jamg‘arma stipendiatlari tomonidan bu kabi tadbirlar ko‘pgina xorijiy davlatlarda doimiy o‘tkazib boriladi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA