Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Qatarda jahondagi eng yirik “Web Summit Qatar-2024" texnologik tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir Yaqin Sharq mamlakatlari ichida birinchi marta Qatarda tashkil etilib, unda 12 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Qatarda yilning eng yirik tadbiri sifatida e’tirof etilgan ushbu tadbirda texnologiya va innovatsiyalar sohalaridagi so‘nggi tendensiyalar namoyish etildi.  

Unda Amazon, TikTok, Meta (Facebook), Alibaba, Udacity, EY, Goldman Sachs, HSBC, Forbes, Government of Qatar, Qatar Investment Authority, Invest Qatar, Qatar Foundation, Qatar University, Terminus Technologies, 500 Global, Golden Gates Ventures kabi yirik kompaniyalar ishtirok etdi.  

Qatar Davlati Amiri topshirig‘iga muvofiq Qatar Investitsiya agentligi mahalliy va chet el texnologik va innovatsion startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 1 dollar mlrd. sarmoya kiritish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.  

“Web Summit“ ilk marotaba 2015-yilning noyabrida Irlandiyaning Dublin shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, eng yirik global texnologik sammit sifatida tan olingan. Mazkur tadbir har yili dunyoning yetakchi kompaniyalari, investorlari, ekspertlari va yangi texnologiya yaratuvchilarini hamda startap loyihalar mualliflarini yig‘ib, ularga sarmoyadorlarni jalb qiluvchi platforma vazifasini bajarib kelmoqda.                                                                                                        

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz delegatsiyasi jahondagi eng yirik texnologik tadbirda ishtirok etdi