AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati rahbari Dilorom Kaimbayevaning ma’lum qilishicha, 21-24-mart kunlari amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma e’lon qilindi.

Ushbu chegirmalardan nafaqat yurtdoshlarimiz, balki chet el fuqarolari ham foydalanishlari mumkin. 

Chegirma asosida taqdim etiladigan aviachiptalarni bugundan, ya’ni 1-martdan boshlab 24-mart kuniga qadar xarid qilish imkoniyati bor. 

Shuningdek, brifingda "Uzbekistan Airways" hamda uning tarkibiga kiruvchi "Uzbekistan Helicopters" va "Silk Avia" aviakompaniyasi mutaxassislari tomonidan yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. 

– 2024-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, haftasiga 87 ta borish-qaytish reyslari amalga oshirilgan bo‘lsa, joriy yil davomida bunday reyslar sonini haftasiga 140 taga yetkazish rejalashtirilgan, – dedi Dilorom Kaimbayeva. – Yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarga shart-sharoit yaratish va uzoq vaqt yopiq bo‘lgan yo‘nalishlarga parvozlarni qayta tiklash maqsadida 2023-yilda ikkita L-410 havo kemalari sotib olindi va ushbu havo kemasida Zomin tumaniga parvozlar amalga oshirilmoqda. Kelgusida Shahrisabz shahri va Sariosiyo tumaniga ham aviaqatnovlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, “Uzbekistan Airways“ aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining turli shaharlaridan chet-el davlatlariga amalga oshirilayotgan parvozlar soni ham ko‘paymoqda. 

Joriy yilda aviakompaniya bir qancha xalqaro yo‘nalishlarga parvozlarni qayta tiklab, yangi muntazam reyslarni ham yo‘lga qo‘ymoqda. 

Masalan, 31-mart Italiyaning Rim shahriga, 1-aprel Hindistonning Mumbay shahriga, 29-may Gruziyaning Batumi shahriga parvozlar qayta tiklanib amalga oshiriladi. 4-maydan boshlab esa tarixda ilk bor Vetnamning Nyachang shahriga muntazam aviaqatnovlar ochilishi kutilmoqda. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Airways“ Navro‘z bayramiga 30 foizlik chegirma e’lon qildi