Portugaliyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov ishtirok etmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqaning birinchi davrasida Humoyun Sultonov kolumbiyalik Alexandro Rodrigesga qarshi kortga chiqdi va 7:5, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, H.Sultonov hozirda “ATP” reytingida 354-pog‘onada bormoqda. Hozirgi turnirda tennischimiz to‘rtinchi raqam ostida saralandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA