Yoşlar olimpiadasida bugun 9 ta sport turida bahslar ötkaziladi
Bugun, 10-noyabr kuni yoşlar örtasidagi IV yozgi Olimpiya öyinlarida 9 ta sport turi böyiça musobaqalar taşkil etiladi. Özbekistonlik sportçilardan Şahzodbek Xolmurodov va Munavvar Xoltörayeva yengil atletika bahslarida sovrinli örinlar uçun kuraş olib boradi.
Snegal poytaxti Dakar şahrida yoşlar örtasida davom etayotgan IV yozgi Olimpiya öyinlarining keça ötkazilgan bahslarida Özbekiston terma jamoasining 2 nafar aʼzosi sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
Musobaqaning taekvondo bahslarida iştirok etgan hamyurtimiz Asadbek Samandarov -55 kg. vaznda barça raqiblarini mağlubiyatga uçratib, finalda Xitoy Taypeyi vakili Çeng Po Yu bilan kuç sinaşdi.

Bir neça oy muqaddam, yaʼni joriy yilning aprel oyida poytaxtimiz Toşkentda ötgan yoşlar örtasidagi dunyo birinçiligida ğoliblik şohsupasiga kötarilişi ortidan murabbiylar nazariga tuşgan Asadbek Samandarov Çeng Po Yu bilan keçgan teng kuraşlar ostidagi jangda hakamlarning qaroriga köra, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va Olimpiya öyinlarining kumuş medalini qölga kiritdi.
“Dakar-2026” Olimpiya öyinlarining yengil atletika musobaqalarida mahoratli sportçimiz Parizoda Talabova nayza uloqtiriş dasturida 54,68 metr natija qayd etdi va ikkinçi örinni egalladi.

Medallar jamğarişda 13 ta oltin, 7 ta kumuş va 3 ta bronza medali bilan Xitoy sport delegatsiyasi yetakçilik qilmoqda. Özbekiston sportçilari 3 ta kumuş va 1 ta bronza medali bilan 200 ga yaqin davlat orasida 50-örinni band etib turibdi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA