Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorlarimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narx-navosini barqarorlashtirish borasida “daladan — dasturxonga” tamoyili asosida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetarli darajada yetishtirishda mavjud yerlardan hamda suv resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining yig‘ilishida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.  

Mazkur qonun loyihasi bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari dala chetlaridagi kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlarining atroflaridagi yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga qonunchilik talablarini hisobga olgan holda ikkilamchi ijaraga berish ko‘zda tutilmoqda.  

Shuningdek, yerdan foydalanuvchilarning dala chetlari va kollektor-drenaj hamda sug‘orish tarmoqlarining atroflaridagi yer maydonlari, shuningdek, bog‘ va tokzor qator oralaridan samarali va oqilona foydalanishini ta’minlashga doir majburiyatlari belgilanmoqda.  

Bundan tashqari, Suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga suv ob’ektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish, suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish huquqlari berilmoqda.  

Qonun loyihasining qabul qilinishi agrar sohada aholi bandligini, oziq-ovqat xavfsizligini, narx barqarorligini ta’minlashga hamda suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.  

M.Komilova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerlarni ikkilamchi ijaraga berish tartibi belgilanmoqda