X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Xorazm viloyati bo‘limida "Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi" laboratoriyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga, OAV vakillari hamda keng jamoatchilik uchun ushbu laboratoriyaga press-tur tashkil etildi.  

Tadbirda Xorazm viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari M.Ochilov so‘zga chiqib, "Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi" laboratoriyasini yuqori baholab, unda yaratilgan imkoniyatlar xususida fikr bildirdi.  

Shuningdek, adliya faxriylari ushbu laboratoriyaning jinoyatchilikning oldini olishdagi hamda inson huquqlarini himoya qilishdagi roli muhimligini qayd etdi.  

Bundan tashqari tadbir doirasida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori A.Xalilov tomonidan markaz faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, yangi joriy etilgan ekspertiza turlari, takomillashtirilgan zamonaviy moddiy-texnik baza hamda markazning Xorazm viloyati bo‘limida yangi tashkil etilgan "Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi" laboratoriyasi haqida batafsil ma’lumot berildi.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda "Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi" laboratoriyasi ochildi