Dunyo davlatlari tajribasidan ma’lumki, har bir davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalqini rozi qilish va farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad-vazifalarni mamlakat Konstitutsiyasida mustahkamlab oladi.

Xalqimiz ulug‘ maqsadlar yo‘lida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqdi va joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Referendumda umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qabul qildi. 

Mubolag‘asiz aytish mumkin, Yangi O‘zbekistonda boshlangan islohotlar, xalqni rozi qilish, inson qadrini ulug‘lash, ochiq demokratik davlat barpo etish va davlat qurilishida ustuvor bo‘lgan inson-jamiyat-davlat tamoyili konstitutsiyaviy islohotlarning bosh mezoni bo‘ldi.

Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur butun umri davomida “Kuch — adolatda” degan hikmatga rioya etgani barchamizga ma’lum. 

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolatni hayotimizda tom ma’noda qaror toptirish eng asosiy vazifamizga aylanishi shart ekanligini ta’kidlamoqda. Bu bilan “Kuch adolatda” degan tamoyil Yangi O‘zbekistonning davlat boshqaruvi sohasida ustuvor tamoyilga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Tarixdan ma’lum, adolat — insoniyatni eng qadimgi idealaridan biri hisoblanadi. Adolat bor joyda jamiyat poydevori mustahkam, davlat qudratli bo‘ladi. Fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi ortadi, mamlakat taraqqiy topadi. 

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Biz istagan adolat qachon qaror topadi — qachonki, mamlakatda qonun ustuvorligi ta’minlansa...

Shuning uchun ham mamlakat Konstitutsiyasining 15-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi” deb belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi qonunning 8-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining so‘zsiz ustuvorligi tan olinishi, Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega va butun hududda qo‘llanilishi, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinishi hamda uning normalari va prinsiplariga zid bo‘lishi mumkin emas”ligi mustahkamlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi o‘z vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaydi. Bu bilan Konstitutsiya ustuvorligini ta’minlashda mas’uliyatli vazifani bajaradi, deb aytishga asos bo‘ladi.

Shu o‘rinda bir masalaga e’tiboringizni qaratsak. O‘zbekiston Respublikasining aksariyat qonunlarida bitta trafaret norma ko‘p qo‘llaniladi. Ya’ni, “Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ushbu qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi”.

Bu bilan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amalda O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridan ustunligi e’tirof etiladi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi qonunidan ustun bo‘lsa-yu, biroq mamlakat Konstitutsiyasiga zid bo‘lsa-chi? 

Bir narsani aniq aytish mumkin, xalqaro shartnoma mamlakat Konstitutsiyasida belgilangan qoidaga zid yoki undan ustun bo‘lishi mumkin emas. Balki, aksincha, xalqaro shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

Shuning uchun ham "O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida"gi qonunning 2-moddasida xalqaro shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalariga muvofiq tuzilishi va bajarilishi belgilangan.

Bugungi Yangi O‘zbekiston dunyoning barcha davlatlari bilan teng va manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Yaqin besh yilda mamlakatimizga juda katta miqdordagi AQSH dollari hisobida chet el investitsiyalarini jalb etish maqsad qilingan. O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash uchun xalqaro investitsiya juda muhim. Biroq, katta miqdordagi investitsiyalarni tuzish haqidagi xalqaro shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga nomuvofiq tarzda tuzilmasligi kerak.

Shuning uchun ham yangi tahrirda qabul qilingan mamlakat Konstitutsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash” vakolati berildi.

Bundan xulosa shuki, Konstitutsiyaviy sud tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga nomuvofiq deb topilsa, u holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu xalqaro shartnomani imzolamaydi.

Konstitutsiyaviy sud xalqaro shartnomani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash barobarida davlat suvereniteti prinsipini (iqtisodiy mustaqilligini) ta’minlashga xizmat qiladi.

Ma’lumki, dunyo Konstitutsiyaviy sudlari tajribasida Konstitutsiyaviy shikoyat instituti mavjud. Ushbu institut O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatiga ham joriy etilgan.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 133-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli.

Nazarimizda, ushbu moddani yanada rivojlantirishga fursat yetdi. Kelgusida agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, garchand, muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilmagan bo‘lsa ham, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lishlari kerak. 

Albatta bu taklif shunchaki ilgari surilayotgani yo‘q. Chunki joriy yilning 30 aprelida qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasi ikkinchi qismida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi” degan norma belgilandi. Bu esa, konstitutsiyaviy shikoyat institutini yanada kengaytirish zaruratini kun tartibiga olib chiqmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ushbu masalani huquqshunos olimlar, mutasaddi tashkilotlar hamkorligida o‘rganmoqda. Qolaversa, huquqshunos olimlar, mutaxassislar ushbu masalaga oid ilmiy-nazariy qarashlari va tajribalar bilan fikrlashsalar, ayni muddao bo‘lar edi.

Taniqli ingliz faylasufi Volter shunday yozadi: "Erkinlik faqat qonunlarga tobe bo‘lishdadir”. 

Demak, insonlar erkin bo‘lishi uchun qonunga tobe bo‘lishlari kerak. Insonlar esa faqat adolatli qonunlarga tobe bo‘lishni istaydi. Buning uchun Konstitutsiyaning ustunligi ta’minlanishi talab etiladi.

Dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligida mavjud bo‘lgan Konstitutsiyaviy sudlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ham roli aynan mana shunda. 

Abdumannob RAHIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyaviy sudining sudyasi,

yuridik fanlar nomzodi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — adolat mezoni, inson huquq va erkinliklari kafolati