Zulfiyaxonim izdoşlari saralandi
Mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlaş, ularning jamiyatdagi nufuzini oşiriş, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini röʼyobga çiqarayotgan, öz ğoya va taşabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik körsatayotgan qizlarni munosib rağbatlantiriş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan hisoblanadi.
Namangan şahrida Zulfiya nomidagi davlat mukofotining şahar bosqiçi saralaş jarayonlari bölib ötdi.

Namangan Davlat Pedagogika institutida ötkazilgan körik-tanlov avvalida, Namangan şahri hokimi Ayubxon Kamolov iştirokçilarga omad va zafarlar tilab, yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bilim va salohiyatini röyobga çiqariş, jamiyat hayotidagi örni va nufuzini yanada mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidladi.

Darhaqiqat, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti iqtidorli, bilimga çanqoq, taşabbuskor va yuksak maqsadlar sari intilayotgan qizlarni rağbatlantiriş, ularning isteʼdodini yuzaga çiqariş hamda yangi marralar sari ruhlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saralaş bosqiçida 25 nafardan ziyod iştirokçi töqqizta yönaliş böyiça öz bilim, isteʼdod va mahoratini namoyiş etişdi. Tanlov mobaynida qizlarning ilm-fan, taʼlim, adabiyot, sanʼat, sport singari sohalarda erişgan yutuqlari hamda salohiyati kuzatib borildi.

Bunda komissiya aʼzolari tomonidan nomzodlarning ijodiy işlari, ilmiy izlanişlari, yutuqlari belgilangan mezonlar asosida baholanib, iştirokçilar orasidan yuqori körsatkiçlarga erişgan, eʼtirofli yutuq-marralarni qölga kiritgan, ibratli jamoatçilik işlari bilan tengdoşlariga örnak bölayotgan, noyob isteʼdodi va iqtidori bilan nom qozongan yoşlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Tanlov yakunlariga köra, har bir yönaliş böyiça munosib deb topilgan jami töqqiz nafar iştirokçi viloyat bosqiçida Namangan şahri şarafini himoya qiliş imkoniyatini qölga kiritdi.

Mazkur tanlov iqtidorli qizlarni kaşf etiş, ularning yutuqlarini keng jamoatçilikka tanitiş va yangi avlodning salohiyatini röyobga çiqarişga xizmat qiladi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri